Zamonviy veb-sayt va katalog
Mahsulotlar va bajarilgan ishlar portfelini qulay va ko'rkam namoyish etuvchi veb-sayt yaratildi
Optima Glass dush kabinalari va sifatli shisha konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi brend uchun zamonaviy veb-sayt yaratildi. Shuningdek, brendning vizual identifikatsiyasini shakllantirish, mijozlar oqimini oshirish hamda ijtimoiy tarmoqlarda faol targ'ib qilish uchun kompleks brending va SMM xizmatlari ko'rsatildi. Ushbu yechimlar brendning bozordagi o'rnini mustahkamlashga xizmat qildi
Optima Glass loyihasi dush kabinalari hamda yuqori sifatli shisha konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi brendning raqamli imidjini va bozor pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan. Loyiha doirasida kompaniyaning mahsulot katalogi, bepul o'lchov olish xizmati va bajarilgan ishlar portfeli aks etgan zamonaviy veb-sayt yaratildi.
Veb-saytdan tashqari brend uchun yagona vizual uslub va SMM strategiya ishlab chiqildi. Ijtimoiy tarmoqlarda maqsadli auditoriya bilan ishlash, tayyor ob'ektlar va mahsulotlar jarayonini sifatli video va foto formatda taqdim etish hamda target reklama kampaniyalari orqali mijozlar oqimi sezilarli darajada oshirildi.
Kompleks raqamli marketing yechimlari brendning mijozlar orasidagi ishonchini oshirishga, sotuvlar hajmini kengaytirishga hamda kompaniyaning bozordagi yetakchilik o'rnini mustahkamlashga xizmat qildi. Bundan tashqari, mijozlar soʻrovlariga tezkor javob berish tizimi yoʻlga qoʻyilib, konversiya koʻrsatkichi sezilarli darajada yaxshilandi. Natijada, brend Toshkent shahri va viloyatida zamonaviy shisha yechimlari boʻyicha eng koʻp tanlanadigan kompaniyalardan biriga aylandi.

Mahsulotlar katalogi, bepul o'lchov olish va ob'ektlar portfeli joy olgan zamonaviy veb-sayt yaratildi

Kompaniyaning bozordagi nufuzini va tanilishini oshiruvchi yagona vizual identika va brendbook yaratildi

Sifatli foto va video-kontent hamda target reklama orqali ijtimoiy tarmoqlarda mijozlar oqimi oshirildi

Qidiruv tizimlarida sayt pozitsiyalarini ko'tarish va organik tashrifchilarni jalb qilish ishlari olib borildi

Mahsulot va bajarilgan obyektlarni yuqori sifatda aks ettiruvchi professional foto va video tasvirlar olindi

Saytning uzluksiz ishlashi, xavfsizligi va doimiy yangilanib borishi ta'minlandi

Loyiha davomida Optima Glass brendi uchun raqamli makonda har tomonlama puxta o'ylangan marketing va texnik yechimlar majmuasi amalga oshirildi. Yaratilgan zamonaviy veb-sayt brendning yuqori sifatli dush kabinalari hamda shisha konstruksiyalarini katalog ko'rinishida qulay va estetik tarzda taqdim etishga imkon berdi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda yagona vizual kontent-strategiya hamda maqsadli target reklama kampaniyalari yo'lga qo'yildi. Olingan professional foto va video tasvirlar, aniq SEO optimizatsiya hamda mijozlar bilan ishlash tizimi tufayli sotuvlar oqimi va brendga bo'lgan ishonch sezilarli darajada oshdi
Mahsulotlar va bajarilgan ishlar portfelini qulay va ko'rkam namoyish etuvchi veb-sayt yaratildi
Brendning raqamli va bosma maydonlardagi yagona vizual konsepsiyasi va elementi shakllantirildi
Ijtimoiy tarmoqlar uchun professional foto va video tasvirlar olinib, kontent-reja asosida yuritildi
Ijtimoiy tarmoqlarda maqsadli auditoriyaga yo'naltirilgan va yangi mijozlarni jalb qiluvchi reklama yo'lga qo'yildi
Sayt Google va Yandex qidiruv tizimlarida moslashtirilib, organik tashrifchilar oqimi oshirildi
Veb-saytning uzluksiz, xavfsiz va tezkor ishlashi uchun doimiy monitoring ta'minlandi
Tahlil va loyiha strategiyasini ishlab chiqish
Prototip va vizual dizayn tayyorlash
Dasturlash, SEO va kontent tayyorlash
Loyihani ishga tushirish va texnik qo'llab-quvvatlash
Vazifangiz yoki g'oyangiz haqida so'zlab bering va qulay aloqa usulini qoldiring. Jamoamiz siz bilan bog'lanib, eng yaxshi raqamli yechimni taklif qiladi.