Moushn-grafika

G'oyangizni kuchli videoga aylantiramiz

Jonli 2D va 3D animatsiyalar, vizual effektlar hamda dinamik grafika orqali brendingizni yorqin namoyish etamiz va auditoriyangizni jalb qilamiz

Portfolioni ko'rish
8+Yillik tajriba
150+Bajarilgan loyihalar
50+Mamnun mijozlar
100%Qo'llab-quvvatlash
Brendingiz uchun dinamik vizuallar

G'oyalarni jonlantiramiz

G'oyalarni jonlantiramiz

Moushn-grafika — bu murakkab tushunchalar, texnologik jarayonlar hamda mahsulot va xizmatlarni tomoshabinga tez, dinamik va tushunarli tarzda yetkazib berishning eng samarali raqamli vositasidir. Biz brendingiz uslubiga mos 2D va 3D animatsiyalar, vizual effektlar hamda dinamik infografikalarni ishlab chiqamiz. Bu orqali potensial mijozlar va hamkorlar e'tiborini birinchi soniyalardanoq jalb etib, kompaniyangizning asosiy xabarini xaridorlar xotirasida muhrlaymiz.

Eksplainer (izohli) videolar, mahsulot taqdimotlari va IT-tizimlar interfeyslarini ko'rsatuvchi animatsiyalardan tortib, ijtimoiy tarmoqlar hamda reklama kampaniyalari uchun moslashtirilgan videoroliklargacha to'liq siklda yaratamiz. Ssenariy yozish, vizual kadrlar (storyboard) yaratish, professional animatsiya va saund-dizayn orqali tayyorlangan moushn-grafika loyihalaringiz konversiyasini oshirish hamda brend nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi

Moushn-grafika va 2D/3D animatsion yechimlar

Biz biznes va marketing uchun mo'ljallangan yuqori darajadagi 2D va 3D moushn-grafika, infografika hamda eksplainar roliklarni yaratamiz. Dinamik vizual effektlar va jonli animatsiyalar orqali murakkab g'oyalaringizni sodda va esda qolarli shaklda yetkazib beramiz. Ushbu yechimlar ijtimoiy tarmoqlar hamda veb-saytlarda tomoshabinlar e'tiborini birinchi soniyalardanoq o'ziga jalb etib, brendingiz konversiyasini va sotuvlarini oshirishga xizmat qiladi.

Tajriba va natijadorlik

G'oyadan tayyor rolikgacha

Biz har bir animatsiya va video-prodakshn loyihasida brendingiz qadriyatlari hamda biznes maqsadlarini aniq aks ettiramiz. Zamonaviy dizayn yondashuvi, yuqori texnik standartlar va ilg'or dasturiy ta'minot imkoniyatlaridan foydalanib, eng murakkab g'oyalaringizni ham e'tiborni tortuvchi, ta'sirchan va esda qolarli vizual kontentga aylantiramiz.

Bizning tajribali jamoamiz g'oya konsepsiyasini ishlab chiqishdan tortib, ssenariy yozish, 2D/3D animatsiya, montaj hamda saund-dizayngacha bo'lgan to'liq bosqichlarni o'z zimmasiga oladi. Xalqaro standartlarga mos yuqori sifat, belgilangan muddatlarga qat'iy rioya qilish va har bir tafsilotga alohida e'tibor berishni kafolatlaymiz

G'oyadan tayyor rolikgacha
Tashkil topgan yili
2016
Muvaffaqiyatli loyihalar
200+
Mamnun mijozlar
100+
Yillik tajriba
10+
Asosiy yo'nalishlar
8
Avazbek Abdusalimov
Videoprodakshn bo'limi rahbari

Avazbek Abdusalimov

Videoprodakshn rahbari

8 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis. 100 dan ortiq brendlar bilan ishlagan, loyihalarni strategiya ishlab chiqishdan tortib yakuniy natijagacha boshqaradi

Brif va vizual konsepsiya

Mijoz maqsadlarini o'rganish, uslubni aniqlash va moodboard yaratish

Ssenariy va raskadrovka (Storyboard)

Kadrlar bo'yicha vizual eskizlar, animatik va mantiqiy ketma-ketlikni ishlab chiqish

2D/3D Animatsiya va Vizual effektlar

Grafiklarga harakat bag'ishlash, 3D modellashtirish va dinamik VFX elementlarini qo'shish

Saund-dizayn va Ovoz berish

Professional diktor ovozi, dinamik sound FX va musiqiy jo'rlikni integratsiya qilish

ANIMATSIYA YARATISH BOSQICHLAR

G'oyadan tayyor 2D/3D animatsiyagacha bo'lgan jarayon

G'oya va konsepsiya yaratish

Brendingiz va auditoriyangizga mos keladigan kreativ vizual konsepsiya hamda moodboard ishlab chiqamiz

2D/3D Grafika va Animatsiya

Vektor grafika, 3D modellashtirish va dinamik harakatlar yordamida kadrlarga hayot bag'ishlaymiz

Kompoziting va Saund-dizayn

Vizual effektlar (VFX), ranglar korreksiyasi, diktor ovozi hamda mualliflik sound FX larini birlashtiramiz

Ssenariy va Raskadrovka

Aniq ssenariy yozamiz va har bir kadr ketma-ketligini ko'rsatuvchi mantiqiy storyboard tayyorlaymiz

Adaptatsiya

Turli ijtimoiy tarmoqlar va platformalar uchun kerakli formatlar (16:9, 9:16, 1:1) hamda xronometrajga moslaymiz

Natijani topshirish

Yuqori sifatli render qilingan va tayyor videoroliklarni belgilangan muddatda topshiramiz

Bizning portfoliomiz

AMALGA OSHIRILGAN LOYIHALAR

Barcha loyihalar

BIRGALIKDA AJOYIB
LOYIHANI YARATAMIZ

Vazifangiz yoki g'oyangiz haqida so'zlab bering va qulay aloqa usulini qoldiring. Jamoamiz siz bilan bog'lanib, eng yaxshi raqamli yechimni taklif qiladi.

Bog'lanish

Aloqa